Qonuniy nikohga nima yetsin?
Oila-muqaddas dargoh. Uning poydevori, mustahkam qal’asi, er-xotin o‘rtasini mahkam bog‘lovchi rishta nikohdir. Nikoh-insonlar jamiyatida eng muqaddas bitim hisoblanadi.
Shu bilan birga, qoununchiligimizda ham nikoh masalasi alohida o’rin tutadi. Albatta, har qanday fuqarolik holatlarini tartibga solish uchun normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Jumladan, nikoh tuzish, uni bekor qilish tartiblari ham tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solingan.
Fuqaro M.Muydinova Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga Olot tuman FHDY bo’limi tomonidan muddatdan oldin nikohdan o’tkazib berishini so’rab murojaat qilgan. Aslida esa, nikoh nikohlanuvchilarning FHDY organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga ko’ra, uzrli sabablar bo‘lganda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga etmaganning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi — emansipatsiya) FHDYo organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.
O‘rganish natijsida murojaatchi va u bilan nikohlanuvchining umumiy farzandi borligi sababli, Olot tuman FHDY bo‘limi tomonidan nikohni qayd qilish muddati qisqartirilib, fuqaro B.Ibragimov bilan nikohlari qonuniy qayd etildi.