Adliya bo`limi tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha targ`ibot tadbiri bo`lib o`tdi
Shofirkon tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori mazmuni va u bilan joriy etilishi, kutilayotgan yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida tumandagi davlat organlari va tashkilotlari, jumladan 2022-yil 1-avgustdan “E-huquqshunos” tizimi orqali yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan 6 ta tumandagi tashkilotlar (mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi; qishloq xo‘jaligi bo‘limi; turizm va madaniy meros bo‘limi; sportni rivojlantirish bo‘limi; oila va xotin-qizlar bo‘limi; aholi bandligiga ko‘maklashish markazi) rahbar va ma’sul xodimlari o’rtasida tuman adliya bo’limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati va sohadagi yangiliklar haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda mazkur qaror asosida 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatayotganligi, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berilishi maqsad qilinganligi, shu bilan birga mazkur sohadagi islohotlar respublikadagi 207 ta tuman va shaharlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qo‘llash amaliyoti shakllanishiga xizmat qilib, aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi bo‘g‘ini yaratilganligi yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, 2021-yil 1-oktabrdan hozirgi kunga qadar mazkur qarorga ko’ra joylarda 12 ta davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatilib kelinayotgan bo’lsa, amalga oshirilayotgan ishlarni samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2022-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tashkilotlar:
mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
turizm va madaniy meros bo‘limi;
sportni rivojlantirish bo‘limi;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar
ham “E-huquqshunos” tizimi orqali yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlishi aytib o’tildi.
Tadbir davomida yuqoridagi masalalar qatorida markazning asosiy vazifa funksiyalari va huquqlari, qaror talablariga ko’ra ishni tashkil etish tartiblari, markaz xulosasisiz qabul qilingan hujjatlar o’sha kundan boshlab haqiqiy emas deb topilishi, ya’ni tashkilotlar barcha yuridik ahamiyatga ega hujjatlari (buyruq, farmoyish, shartnoma va boshqalar) markaz yuridik ekspertizasidan o’tkazib markazning tegishli xulosasini olganidan keyin ushbu hujjatlar yuridik ahamiyatli ekanligi, bu tartiblarga rioya qilmagan mas’ullar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortilishi hamda ushbu tashkilotlar sohasiga oid boshqa dolzarb qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ahamiyati kabi muhim masalalar yoritildi.