August 16, 2022
Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ham adliya yuridik xizmat ko'rsatadi
Kogon tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kogon tumani maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 14 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari mas’ul xodimlariga “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.