October 31, 2022

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun o'quv seminarlari davom etmoqda.

Qorovulbozor tumani hokimligida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrьdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 595-sonli Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan oʼquv-seminar tashkil etildi.

Oʼquv-seminar davomida tuman hokimligi apparati xodimlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda korxona va tashkilot rahbarlariga viloyat Аdliya boshqarmasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali masʼullari tomonidan mazkur qaror va shu asosda ishlab chiqilgan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining mazmuni haqida keng tushunchalar berib oʼtildi.

Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan oʼzaro fikr-mulohazalar almashildi.