September 29, 2022

Intellektual mulk himoyasi adliya idoralarining asosiy vazifalaridan biri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2021 yildagi "Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4965-sonli qaroriga asosan Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan hunarmandchilik sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun tovar belgilarini 2021-2022 yillarda milliy ro‘yxatdan o‘tkazish bepul amalga oshirilishi haqida tadbirkorlik subyektlari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.