February 5, 2022
Adliya fuqarolarga madadkor
Qorako'l tuman adliya bo'limi tomonidan joriy yilning 26-yanvar kuni Qorako'l tumani "Ziyorat" MFYda yashovchi fuqaro N.Jumayevning 1973-1985 yillar oralig'ida "Ziyorat" qishloq fuqarolar yig'ini tomonidan uy-joy qurish uchun chiqarilgan qaror nusxasini topib berishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati bo'lim faoliyatiga 20-29/3/3-son bilan ro'yxatdan o'tkazilib, bo'lim tomonidan Qorako'l tuman davlat arxiviga so'rov xati kiritildi. Kiritilgan so'rov xati natijasida tuman davlat arxividan murojaatchi nomiga 1977- yilda Qorako'l tuman "Ziyorat" qishloq fuqarolar yig'ini tomonidan uy-joy qurish uchun chiqarilgan qarordan ko'chirma olib berilib fuqaroning murojaati qanoatlantirildi.