June 23, 2021

Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid!

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi. Davlat va jamiyatda sog‘lom muhitning qaror topishi, barqarorligi, tinchligi va taraqqiyoti uchun xavf soladi. Korrupsiyaga qarshi har kim har doim kurashishi, bu illatning jamiyatga, taraqqiyotga va xavfsizlikka katta tahdid ekanini har bir ongli inson chuqur anglashi lozim.

Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasida ham viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida joriy yilning 18 iyun kuni o‘tkazilgan seminar ham aynan korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlandi.

Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi yig‘ingohida o‘tkazilgan “Korrupsiya-taraqqiyotga tahdid” mavzusida seminarda dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Buxoro filiali tomonidan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlariga “Korrupsiya va komplaens nazorat. Mehnat qonunchiligi” kursi bo‘yicha malaka oshirganliglari to‘g‘risida sertifikat bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng viloyat adliya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida ma`ruza qilinib, ma`ruzada korrupsiya xavfli jinoyat ekanligi, unga qarshi kurashish maqsadida O‘zbekiton Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bir qancha islohotlar va chora-tadbirlar amalga oshirilganligi, shulardan biri korrupsiya chek qo‘yish va unga qarshi kurashish samarali ishlarni olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganli haqida to‘xtalib o‘tildi.

Seminar davomida viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi bosh yuriskonsulti so‘zga chiqib, «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Qarori qabul qilinganligini (PQ 2750-son 02.02.2017), Bundan tashqari “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligiga to‘xtalib o‘tdi.

Seminar so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilarining mavzuga doir fikr - mulohazalari tinglanib, o‘z fikrlarini bildirdilar.

Huquqiy targ‘ibot va ma`rifat bo‘limi