Tibbiyot xodimlari uchun sayyor qabul o'tkazildi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-mart kunidan 15-may kuniga qadar Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi oʻtkazilishi belgilangan.
Mazkur aksiya munosabat bilan joriy yilning 26-aprel kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan Jondor tuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Bo'lib o'tgan ushbu sayyor qabulda Adliya, Davlat xizmatlari markazi, FHDYO, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Sud ekspertizasi markazining Buxoro viloyat bo‘limi, Madad NNT, Bandlik boshqarmasi, Markaziy bank, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi vakillari hamda Advokat va Notariuslar 150 ga yaqin tibbiyot xodimlarining muammolarini sayyor tartibda oʻrgandilar.
Ushbu sayyor qabul davomida 60 ga yaqin turli murojaatlar mutaxassislar tomonidan ish yurituviga olindi. Shundan, qolgan muammoli vaziyatlar yuzasidan tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, yangi tug'ilgan 3 nafar bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi.