February 5, 2022

Adliya ko'magi bilan yana 8 nafar Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Peshko' tuman bo‘limi ishchi-xodimlariga imtiyozli ravishda muddatidan oldin pensiya tayinlandi

Fuqaro A.Fayzulloyev va yana 7 nafar Peshko' tuman Favqulotda vaziyatlar bo`limi xodimlari shikoyat arizalari bilan Peshko' tuman adliya bo'limiga murojaat qilib kelishdi.

Mazkur arizalarni o'rganish davomida 8 nafar arizachining muddatdan oldin imtiyozli ravishda pensiya olish huquqi mavjud bo'lsada, ularga ushbu imtiyozli ravishda muddatdan oldin pensiya olish huquqlari asossiz ravishda tadbiq etilmay kelinayotganligi aniqlandi.

Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-sonli Qarorining 4-bandiga ko`ra Favqulotda vaziyatlar vazirligi tizimiga o`tkazilgan Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yong`in xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlariga O`zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan harbiy unvonlar bo`yicha oylik maoshi miqdori, kiyim-kechak va tibbiy ta`minot tartibi hamda boshqa ta`minot me`yorlari, xizmat davrini hisoblash, ijtimoiy imtiyozlarni va pensiya kafolatlarini qo`llash joriy etilganligi, shuningdek, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to`g`risida”gi Qonunning 27-moddasi 4-qismida qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat shartnomasi (kontrakt) bo`yicha ishlovchilar jumlasidan bo`lgan qutqaruvchilari umumiy belgilangan yosh o`n yilga kamaytirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga egaligi qayd qilingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, murojaat yuzasidan qonuniy yechim topish maqsadida 8 nafar ishchi-xodimning zararli va og‘ir mehnat sharoitlarida ishlaganlik faktini belgilash hamda imtiyozli ravishda muddatidan oldin pensiya tayinlash bo‘yicha taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshku tumanlararo sudiga tegishli tartibida ariza kiritilib, sudning tegishli hal qiluv qarori bilar 8 nafar Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Peshko' tuman bo‘limi ishchi-xodimlariga imtiyozli ravishda muddatidan oldin pensiya tayinlandi.

Peshko' tuman adliya bo'limi