Vobkent tuman adliya bo'limi tomonidan qizil "Xalach" MFYda huquqiy targ'ibot tadbiri hamda sayyor qabul o'tkazildi
Joriy yilning 04.08.2022-sanasida Vobkent tuman adliya bo'limi tomonidan qizil hudud ro'yxatida turuvchi "Xalach" MFY aholisi uchun huquqiy targ'ibot tadbiri hamda sayyor qabul o'tkazildi. Ushbu sayyor qabulda tuman adliya bo'limi, YuXKM, DXM, notarius xodimlari hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputati ishtirok etishdi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayatgan o'zgartirishlar hamda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinlgi haqida fuqarolarga tushuntirildi.
Sayyor qabul davomida MFYda istiqomat qiluvchi 5 nafar fuqaroning savoliga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 8 nafar fuqaroning murojaatlari tuman adliya bo'limining ish yurituviga qabul qilindi, FHDY organiga nikohdan o'tkazish bo'yicha 1 ta ariza berildi hamda notarius tomonidan meros ishi ochish uchun 1 nafar fuqarodan ariza olindi hamda 3 nafar fuqaroga tuman DXM tomonidan elektron tarzda kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oila to'g'risidagi ma'lumotnoma olib berildi.