July 20, 2022

Nometanda sayyor qabul o'tkazildi

Buxoro tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Nometan MFY da navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul chog‘ida hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan bo‘lgan "Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo’shimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi- yangilanayotgan Konstitutsiyadagi insonparvar qoidalar", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari" “Korrupsiyaga qarshi kurashish. Korrupsiya uchun javobgarlik” mavzularida atroflicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga 3 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganishlik uchun sayyor tartibda rasmiylashtirilib olindi.