May 30, 2022

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori Xalq ta’limi muassasalarining qo‘shimcha haq to‘lanadigan xodimlarining lavozimlari ro‘yxati, qo‘shimcha haqning TURLARI VA MIQDORLARI


Maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar, o‘rta maxsus va hunar — texnika o‘quv yurtlari kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan miqdorda ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha haq to‘lanadi.

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI PRЕZIDЕNTINING QARORI O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASIDA XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISH FAOLIYATINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab:
a) ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilsin.