December 12, 2022
Online muloqot tafsilotlari
Joriy yilning 9-dekabr kuni Viloyat adliya boshqarmasi hamda San'atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi bilan birgalikda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida online muloqot tashkil qilindi.
Online muloqotda mualliflik va turdosh huquqlar haqida hamda tovar va xizmat ko'rsatish belgilarini davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida tushunchalar berildi.
Fuqarolardan kelib tushgan 20 ga yaqin savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.