Buxoroda avgust oyi davomida ko'rsatilgan davlat xizmatlari soni ochiqlandi
Buxoro viloyatidagi davlat xizmatlari markazlarida joriy yilning avgust oyi davomida jami 31042 ta davlat xizmatlari ko’rsatilgan. Eng ko’p murojaat bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish sohasida bo’lib, bu turdagi arizlar 7248 tani tashkil qilmoqda.
Keyingi o’rinlarda esa 5130 ta murojaat bilan ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza berish sohasi bo’lsa, 3 753 ta murojaat bilan kadastr pasportini shakllantirish sohasi eng ko’p murojaat bo’lgan uchlikka yakun yasagan.
Ko’rsatilgan xizmatlarni tumanlar kesimida tahliliga nazar tashlasak. Eng ko’p xizmat ko’rsatgan markazlar bo’yicha birinchi o’rinda 7 700 ta xizmat bilan Buxoro shahar davlat xizmatlari markazi turgan bo’lsa, keyingi o’rinlarni 3 332 ta xizmat bilan G’ijduvon tuman va 2 496 ta xizmat bilan Romitan tuman davlat xizmatlari markazi egallagan.
Shuningdek, ushbu sanada 7 809 nafar murojaatchi elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni afzal ko’rgan.
Buxoro viloyatidagi FHDY bo’limlari tomonidan esa jami 4 813 ta tug’ilish qayd etildi. Shundan, 2 519 nafari o’gil bolalar bo’lsa, 2 294 nafarini qiz bolalar tashkil qiladi.
Tumanlar kesimida tahlil qiladigan bo’lsak, eng ko’p tug’ilish G’ijduvon tumanida 764 ta qayd qilingan bo’lsa, keyingi o’rinlarda turgan Buxoro shahar 1-son FHDY bo’limida 636 ta, Jondor tumanida 486 ta tug’ilish bilan bog’liq dalolatnoma yozuvlari qayd qilingan.
Azam Muborakov, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i