Vobkentda aholi murojaatlari o'rganildi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va Vobkent tuman adliya bo’limi tomonidan hudud aholisi uchun “Kosari” MFY da sayyor qabul o’tkazildi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari ishtirok etgan qabulda, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar, yechimi topilmayotgan murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning aksariyati yer munosabatlari, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, tadbirkorlik, ichki yo’llarni ta’mirlash, nohaq ishdan bo’shatilganlik, ustama to’lovlarini undirib berish sohalarida bo’ldi.
Masalan, Charosxon Azamqulova Buxoro davlat universitetining “Boshlang’ich ta’lim” fakulteti 3-bosqichini tamomlagan. Hududdagi ta’lim muassasalaridan biriga ishga joylashish masalasida murojaat qildi.
Yoki fuqaqro Hamdam Hamroyev sog’ligida eshishtish bilan bog’liq muammosi borligini, shu sababdan, eshitish mosalmasini olib berishda amaliy yordam so’rab murojaat qildi. Fuqaro murojaati tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o’sha joyning o’zida ijobiy hal qilinib, tuman tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limidan eshitish moslamasini xarid qilish uchun sertifikat olib berildi.
Shu kuni tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarga sayyor davlat xizmatlari ko’rsatildi. Nozigul Abdullayeva kundalik mehnat sabab farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun ariza berish imkonini topolmayotgandi. Markaz xodimlar kelganidan foydalangan Nozigul shu yerning o’zida farzandini boqchaga joylashtirish uchun ariza berdi.
Farida Qahhorova esa, davlat subsidiyasi asosida ipoteka kreditiga ariza berih uchun o’zida vaqt topolmayotgan edi. Aksiga, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblarini ham unchalik bilmas ekan. Markaz xodimlari Faridadan subsidiya uchun ariza qabul qilib, unga elektron raqamli imzo sertifikatini olib berishdi. Shuningdek, unga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish, my.gov.uz portal ro’yxatdan o’tish va online tarzda ariza berish tartibvlarini o’rgatishdi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik ham tashkil etildi. Kardiolog, terapevt, nevrapotolog, stomatology va boshqa tor doiradagi mutaxassislar aholini tibbiy ko’rikan o’tkazib, aniqlangan kasalliklar bo’yicha zarur maslahat va kerakli tibbiy muolajalarni berishdi.