February 28, 2022

Tadbirlar davom etmoqda

Qorako’l tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Qorako’l tuman xalq ta’limi bo’limi hamda tumanda joylashgan maktablarning kadrlari bilan tizimda yuzaga kelayotgan mehnat muammolari yechimlariga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Bushbu tadbir davomida dastlab Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021-yildagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida”gi PF-35-son Farmoni, Uning ijrosi boʼyicha 2022-yilda belgilangan dam olish kunlari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining mehnat taʼtili qanday qisqartirilishi yuzasidan tushuntirish va tafsiyalar berildi.

Shundan so'ng tashkilot xodimlari uchun ish vaqti va ish vaqtidan tashqari hamda dam olish kunlarida ishga jalb etilgan taqdirda, ularga to'lanilishi lozim bo'lgan haq miqdorlari, xodimlarni nafaqa yoshiga yetganda ular bilan mehnat shartnomasi bekor qilish va agar xodimlarning ishlash istagi mavjud bo'lgan taqdirda ular bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish xususida kerakli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Tadbir so'ngida Adliya vazirligi tomonidan "Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy" loyiha doirasida xotin-qizlarga atroflicha huquqiy maslahatlar berib o'tildi.