August 31, 2022

Gala Osiyoda sayyor qabul o'tkazildi

Buxoro tuman adliya bo'limi tomonidan qizil hudud ro'yxatida turuvchi "Gala Osiyo" MFY aholisi uchun huquqiy targ'ibot tadbiri hamda sayyor qabul o'tkazildi.

Shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, Korrupsiya va uning oqibatlari, Migrantlarga berilayoygan imtiyozlar, Gender tengli va xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik, tadbirkorlik faliyati uchun yer ajratish tartibi haqida fuqarolarga tushuntirildi. Sayyor qabul davomida MFYda istiqomat qiluvchi 11 nafar fuqaroning savoliga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 5 nafar fuqaroning murojaatlari qo'shimcha o'rganishlik uchun tuman adliya bo'limining ish yurituviga qabul qilindi.