"Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi Qonun yangi tahrirda
Norma ijodkorligi borasida amalga oshirilayotgan har qanday ish jamiyatda qonun ustuvorligini yo'lga qo'yilishi va rivojlanib borilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, so'ngi yillarda mamlakatimizda ham xalq manfaati va istiqboli uchun qonunchilik tizimi tuzilmasi muntazam ravishda yangiliklar bilan boyib bordi desak adashmagan bo'lamiz. Ushbu yangiliklar sirasiga 2021-yil 20-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–682-son Qonunini keltirib o'tishimiz mumkin.
! Normativ-huquqiy hujjat (NHH) umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Ushbu qonun asosida bir qancha o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, bunga misol tariqasida fuqarolar ham referendum yo‘li bilan normativ-huquqiy hujjat qabul qilishi mumkinligi belgilab qo'yilganligi bo'ldi.
Bundan tashqari, ushbu Qonun asosida nizomlar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar va boshqa hujjatlarga alohida ta'rif berildi va normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi shartligi belgilab qo'yildi.
Endilikda normativ-huquqiy hujjat loyihalari manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan quyidagi muddatlarda kelishiladi:
➖ qonun hujjatlari loyihalari – 7 ish kunida;
➖ Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida;
➖ vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning hujjatlari loyihalari – 5 ish kuni ichida;
➖ mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida.
Mazkur muddatlarni buzgan rahbarlar ijro intizomi doirasida javobgar bo‘ladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligini, uning vaqtincha amal qilishini muayyan hududda va shaxslar doirasi bo‘yicha cheklangan holda huquqiy eksperiment doirasida o‘rganish mumkin.
АНВАР РЎЗИЕВ, Ижтимоий-иқтисодий соҳада ҳуқуқни қўллаш амалиётини ўрганиш бўлими катта маслаҳатчиси