January 10, 2023
Kontrafakt mahsulotlar savdosiga qarshi profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Buxoro shahri hamda Buxoro tumani hududlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlash va kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish maqsadida profilaktika kuzatuv tadbirlari o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt mahsulotlarni farqlash haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, profilaktik tadbirlar davomida tadbirkorlarga kontrafakt dori, alkogol va mahsulotlarning kataloglari tarqatildi.