June 8, 2022
Navbatdagi manzil maktabgacha ta'lim tashkilotlari
Kogon shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida tuman adliya bo'limi tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
24 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari ishtirok etgan tadbirda davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, odam savdosiga qarshi kurashish, majburiy mehnat, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yig'ilganlarga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntiruvchi va huquqiy savodxonliki oshirishga xizmat qiladigan buklet va flayerlar tarqatildi.