March 4, 2022
Kogon tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbiri amalga oshirildi
2-mart kuni Kogon tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tuman moliya bo‘limida ishga yangi qabul qilingan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil-31 maydagi “IJRO.GOV.UZ ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5232-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan IJRO.GOV.UZ tizimi orqali ishlash yuzasidan elektron axborot ayrboshlash xususida targ‘ibot olib bordilar.