July 5, 2022

Peshku va Romitan tumanlarining barcha maktab, bog'cha hamda oilaviy poliklinikalari "E-Huquqshunos" tizimga ulandi

Joriy yilning 5-iyulida O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligidan tashrif buyurgan mas'ul xodim A.Qo'ldoshev boshchiligida Romitan va Peshko' tumanlarining umumta'lim maktablari, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda oilaviy poliklinikalarini "E-Huquqshunos" elektron tizmiga ulash bo'yicha trening-seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda A.Qo'ldoshev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyundagi PQ-5168-sonli hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli Qarorlarining mazmun mohiyatini tushuntirib, "E-Huquqshunos" elektron tizimi haqida to'xtalib o'tdi.

Seminar davomida Peshko' tumanidagi 6 ta oilaviy poliklinika, 43 ta davlat maktabgacha ta'lim rashkiloti va 46 ta umumta'lim maktab rahbarlariga "Huquqshunos"dan foydalanish uchun maxsus qurilmalar faollashtirib, tarqatib berildi.

Shuningdek, Romitan tumandagi 42 ta maktab, 33 davlat maktabgacha ta'lim rashkiloti va 6 a oilaviy poliklinika rahbarlariga "E-Huquqshunos"dan foydalanish uchun maxsus qurilmalar faollashtirib, tarqatib berildi.

Romitan tumanida tashkil etilgan seminarda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi huquqiy xizmatlar bo'limi bosh maslahatchisi A.Ro'ziyev so'zga chiqib O'zbekiston Respubliksi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli qarori hamda "E-huquqshunos" elektron tizimi haqida to'xtalib o'tdi.