Sayyor qabul - muammoga yechim
Аholining muammolarini joyida hal etish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish orqali qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarni aholi oʼrtasida keng targʼib qilish maqsadida Buxoro shahar adliya bo'limi tomonidan Buxaro shahrida joylashgan A.Gijduvoniy MFY binosida sayyor qabul tashkillashtirildi.
Qabul jarayonida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan ma'lumotlar berildi. Shuningdek, kam ta'minlangalik nafaqasi, bola puli, pensiya, mehnat va bandlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuvda jami 5 nafar fuqaroning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qoʼshimcha oʼrganish talab qiladigan 2 ta murojaat koʼrib chiqish uchun qabul qilib olindi.