Erishilgan yutuqlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan OAV, jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanda boshqarma va tuman(shahar) adliya bo'limlari, FHDY, davlat xizmatlari markazlari tomonidan joriy yilning mos davrida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida jurnalistlarga ma'lumot berildi.
Jumladan, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman(shahar) adliya bo'limlariga joriy yilning mos davrida ja'mi 1679 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 1649 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 1144 ta murojaat yoki 69 foizi qanoatlantirilgan.
Bundan tashqari, 303 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 33 ta murojaat tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan.Matbuot anjumanida o'tkazilgan o'rganishlar natijasida qo'llangan ta'sir choralari haqida ham yig'ilganlarga ma'lumot berildi. O'tkazilgan o'rganishlar va murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan jami 403 ta taqdimnoma, ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 103 ta taklif va 1048 ta ogohnoma kiritilib, aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishi ta'minlangan. Bundan tashqari, o'tkazilgan o'rganishlar va tahlillar natijasida qonunchilikni takomillashtirish maqsadida qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan Adliya vazirligiga jami 120 ta taklif kiritilgan. Shuningdek, tegishli sudlarga kiritilgan da'vo arizalarning 11 mlrd. 257 mln. 403 ming 45 so'mlik 949 tasi sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.
Bundan tashqari, o'tgan davr mobaynida mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazilgan, viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyat sohalariga oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o'z vaqtida qabul qilib olinishi va o'z tarkibiy bo'linmalariga yetkazishlari maqsadida hududiy adliya organlari tomonidan 293 ta normativ huquqiy-hujjat tegishliligiga ko'ra elektron shaklda yetkazilishi ta'minlangan.
Adliya organlari tomonidan 2022 yilning I choragi davomida jami 6520 marotaba huquqiy targ'ibot ishlari olib borilgan. Bundan tashqari, anjumanda davlatimiz rahbarining 2022 yil 17 martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda huquqiy xizmat ko'rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi farmoni haqida ham so'z bordi. Ya'ni, Adliya vazirligi optimallashtirilgani natijasida tizimda bo'lgan o'zgarishlar bo'yicha jurnalitlarga ma'lumot berildi.
Farmonga ko'ra, Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda Intellektual mulk agentligi va uning hududiy markazlarinia vazifa, funksiya va vakolatlarini Adliya vazirligiga o'tkazish orqali ma'muriy binolar, xizmat mashinalari va boshqa resurslar, ortiqcha qilinadigan sarf-xarajatlar iqtisod qilinganligi ta'kidlandi. Yakunda jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.