May 30, 2022

Matbuot anjumani o'tkaziladi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yil 31-may kuni soat 10:00 da "Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar" va "Adliya vazirligi tizimida amalga oshirilgan islohotlar" mavzusida huquqshunos mutaxassislar, jurnalistlar, blogerlar va sohaga qiziquvchi barcha fuqarolar uchun matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur matbuot anjumani Zoom dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

*Kun tartibida quyidagi masalalar o‘rin olgan:

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joriy yilning mos davrida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar.

Adliya vazirligi tizimida amalga oshirilgan islohotlar

Fuqarolar kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollarni @Farrux_Turakulov havolasi orqali yo‘llashlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (65) 223-09-90 Matbuot anjumani tadbiriga ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi havola orqali qatnashish imkoniyatiga egalar!

https://us04web.zoom.us/j/9699637643?pwd=VEObu63YiigSEWjtxrX0fOEi4hkxP.1

Identifikator konferensii: 969 963 7643

Kod dostupa: 7777