February 25, 2022

Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Shofirkon tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasining hisobxona bo'limida navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Ochiq va konsruktiv ruhda o'tgan muloqotda hisobxona bo'limi xodimlariga shartnomalarni rasmiylashtirish, ularga o'zgartirish kiritish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, dori vositalarini xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida hisobxona bo'limi xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berildi.