May 20, 2022

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati tushuntirildi

Qorako‘l tuman Adliya bo`limi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Dastlab, yuridik markazlar faoliyati, vazifalari, funksiya va vakolatlari hamda ushbu sohada qabul qilinayotgan qonun-hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini, tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi ekanligi ta’kidlandi.

Yakunda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga taqdim qilinadigan buyruq, farmoyish, shartnoma va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.