April 6, 2022
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Sog'liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Qorovulbozor tuman adliya bo'limi tomonidan mehnat jamoalarida davra suhbatlari o'tkazilmoqda.
Shu kabi tadbirlardan biri tuman Maktabgacha ta'lim bo`limi tasarrufidagi Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Tadbir jarayonida bo'lim xodimlari tomonidan ta'lim tizimi sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlari tushuntirilib o'tildi.
Shuningdek, bo'lim tomonidan tadbir ishtirokchilarga aksiya mazmun-mohiyatini yorituvchi flayerlar tarqatildi.