Davlat fuqarolik xizmati nima
Viloyat adliya boshqarmasi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi bilan birgalikda "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonunning mazmun-mohiyatini viloyat tashkilotlari xodimlariga tushuntirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
“Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik xizmatini oʼtash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi.
Davlat fuqarolik xizmatini oʼtashda mazkur Qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga Mehnat kodeksi qoʼllaniladi.
Qonunga ko’ra davlat xizmatchisi oʼz rahbarining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish, korruptsiya haqida xabar berganda davlat himoyasida boʼlish huquqiga ega.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining reestri Prezident tomonidan tasdiqlanadi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yuritiladi.
Davlat xizmatiga davlat tilini biladigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan Oʼzbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.
Davlat xizmatchilariga haq toʼlash quyidagilardan iborat:
▫️koʼp yillik xizmati uchun qoʼshimcha toʼlov;
▫️malaka darajasi uchun qoʼshimcha toʼlov;
▫️eng muhim samaradorlik koʼrsatkichlarga erishganlik uchun ustama;
▫️hisobot davri yakunlari boʼyicha ragʼbatlantiruvchi toʼlovlar.
Davlat xizmatchilariga hayfsan, jarima, ishdan boʼshatish bilan bir qatorda malaka darajasini pasaytirish va lavozimini pasaytirish tarzidagi intizomiy jazolar ham qoʼllaniladi.
Davlat xizmatchilariga 27 kundan kam boʼlmagan yillik asosiy taʼtil beriladi.
Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi boʼlishi taqiqlanadi.
Qununga ko’ra bitta idorada, biri ikkinchisining bo’ysunuvi yoki nazorati ostida bo’ladigan ishlarda o’zaro yaqin qarindoshlar va quda tomondan qarindosh bo’lgan shaxslar ishlashi mumkin emas.
Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, tadbirkorlik subyekti muassisi boʼlishi taqiqlanadi.
Shuningdek, davlat xizmatchilariga chet davlat fuqaroligini olish, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida hisobvaraqlar ochish, chet davlatda ko’chmas mulkka va boshqa mol-mulkka ega bo’lish taqiqlanadi.
Shuning bilan birga, davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki toʼgʼrisida deklaratsiya berishi kerak.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʼtgach kuchga kiradi.