June 2, 2022

"Oila kuni" o'tkazildi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasida “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan «Family day» loyihasi o‘tkazildi. Xodimlarining oila a’zolari, farzandlari boshqarma binosida ota-onalarining ish jarayonlari bilan tanishib, «Adliya xodimi qanday ishlaydi?» degan savolga javob topdilar.

“Dadamni ish o‘rinlarida o‘tirib, nima ish qilishlari bilan tanishish menga judayam qiziqarli bo‘ldi. Bundan tashqari, boshqa bolalar bilan tanishib, do‘stlashib oldik. Ayniqsa, sahna ko‘rinishlari, turli xil raqslar esda qolarli bo'ldi”- deydi boshqarmaning “Rejalashtirish va samaradorlikni baholash” bo‘limi boshlig‘i Bahodir Mansurovning qizi Farzonaxon.

Bundan tashqari, bayram dasturi doirasida turli ertak qahramonlarining hazilomuz chiqishlari va qiziqarli tanlovlar bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi. Turli xil viktorinalar o‘tkazilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga bayram sovg‘asi sifatida kitoblar va o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir bolajonlar uchun yozilgan maxsus bayram dasturxoni atrofida yakunlandi.