June 16, 2022

O'quv-seminar o'tkazildi

Mahalla xayriya jamoat fondi Buxoro va Navoiy viloyatlari bo'limi va tuman (shahar) bo'linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini oshirish maqsadida Buxoro viloyat nodavlat notijorat tashkilotlar bo'limi boshlig'i M.Muzaffarov hamda tashkilot rahbarlari tomonidan o'quv-seminar o'tkazildi.

O'quv-seminarda qonunchilikdagi yangiliklar, "Mahalla" fondi nizomiga kiritilgan o'zgarishlar hamda fondning ro'yxatdan o'tkazuvchi organga topshirgan hisobotlari tahlili to'g'risida so'z yuritildi.