February 3, 2022

Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Buxoro tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tuman Favqulotda vaziyatlar boʼlimida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman adliya bo‘limi mas'ul xodimi so‘zga chiqib, 2008-yil 26-dekabr kuni qabul qilingan “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʼgʼrisida”gi OʼRQ -195-sonli Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4276-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirish berishdi.
Shuningdek, mazkur tadbir davomida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan kerakli javoblar va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

Tadbir yakunida, muassasa xodimlari tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan ba'zi murojaatlar boʼlim ish yurituviga qabul qilindi.

Buxoro tuman adliya bo'limi