RASMIY MUNOSABAT
“Bukhara best” telegram kanalida e'lon qilingan “ASOSSIZ VA NOQONUNIY TA'MAGIRONA TASHKILLASHTIRILGAN TEKSHIRISHLAR SHIFOKORLAR UCHUN NEGA KERAK?” sarlavhali murojaat yuzasidan quyidagilarni bildiramiz.
Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan joriy yilning 14-iyulda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinika faoliyatini tekshirishga kelishganligini, poliklinika xodimlarini ishdan qoldirib, poliklinikaga kelgan fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lganligini, jamiyat a’zolarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berishi so‘ragan.
Murojaatingizni o‘rganish davomida Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan jamoatchilik tartibidagi monitoring ishlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinmagan holda o‘tkazilganligi aniqlandi.
Ushbu kamchiliklar bo‘yicha Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlariga intizomiy jazo chorasi qo‘llash yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.