"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
Prezidentimizning ezgu tashabbuslari bilan joriy yilning 20-oktyabridan mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik tadbiri e’lon qilinib, mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ishlari boshlab yuborildi.
Shu maqsadda joriy yilning 19-noyabr kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida boshqarma hamda tuman (shahar) adliya bo’limlarida daraxt ko’chatlari o’tqazish tadbiri bo’lib o’tdi.
Jumladan, Buxoro shahar adliya bo’limi yonidagi “Fitrat” bog‘ida Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Meliyev, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i A.Raxmatov va boshqarma mas’ul xodimlari bilan birgalikda 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi.
Bundan koz‘langan asosiy maqsad atrof muhitni ko’kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ko’paytirish orqali yurtimizda ekologik barqarorlikka hissa qo’shish hamda adliya organlariga tashrif buyurgan fuqarolarda yaxshi kayfiyat va taassurotni shakllantirishdan iboratdir.
Albatta ekologik barqarorlikni ta’minlashda “Yashil makon” loyihasining o‘rni katta. Har bir inson ezgu niyat bilan daraxt eksa, uning foydasi kelajakda albatta bilinadi. Adliya boshqarmasi tomonidan ushbu loyiha doirasida daraxt ko’chatlarini ekish tadbirlari yana davom ettiriladi.