August 31, 2022
Adliya faxriylari holidan xabar olindi
Abdurahmon ota Qurbonov adliya tizimida uzoq yillar davomida xizmat qilgan. Notarial sohadagi faoliyatini 1998-yilda G'ijduvon tuman 3-son davlat notarial idorasi stajyor-notariusi lavozimidan boshlagan Abdurahmaon ota mehnat faoliyati davomida yuzdan ortiq shogirdlar tarbiyalagan.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Abdurahmon ota xonadoniga tashrif buyurishdi. Otaxon holidan xabar olinib, mustaqilligimizning 31 yilligi bilan muborakbod etishdi.
Bunday savobli amallar orqali faxriylarga ma’naviy-ruhiy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko’zda tutilgan.