June 8, 2022

“Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi”

Peshku tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman YHXB xodimlari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi doirasida haydovchi va piyodalar o'rtasida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Targ'ibot tadbiri doirasida haydovchilarga yo'l harakati xavfsizligi qoidalari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yo'lda harakatlanayotganda haydovchi va piyodalarning yo'l harakati qoidalarga amal qilishi va yo'llarda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi lozimligi ta'kidlandi.