June 27, 2022

«Prezident Qarorlari — hayotda va nazoratda»


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar xalqning islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o‘z hayotida his etishlari xizmat qilmoqda.

Jumladan, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, alohida yondashuvlar asosida xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash hamda ularga qulay soliq rejimini joriy etish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori yaqqol misoldir.

Mazkur Qarorning 3-ilovasida “Maxsus xizmat ko‘rsatish ko‘chalariga aylantiriladigan markaziy ko‘chalar ro‘yxati”da Shofirkon tumanining Navoiy ko‘chasida 2022-2023-yillarda 49 ta servis obyektlari soni tashkil etish bo‘yicha topshiriq belgilangan.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqiy-uslubiy ko‘mak berish hamda mazkur topshiriqning amalda bajarilishi ustidan nazorat olib borish natijasida, bugungi kunda Shofirkon tumanida 67 ta ish o‘rin yaratishga mo‘ljallangan, 4 700 mln. so‘mlik 49 loyiha shakllantirilib, shundan 33 ta servis obyektlari tashkil etildi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi xodimi S.Baqoyev