July 28, 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati muhokama qilindi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida hozirgi kunda O'zbeksiton Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshriqlarining ijro holati va "Ijro.gov.uz" tizimida yuzaga kelayotgan kamchiliklar muhokamasiga bag'ishlab "Zoom" platformasida seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoniga bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi hamda Buxoro viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish hududiy bo‘limi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoniga asosan Adliya vazirligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib boradi.

Mazkur Farmon bilan barcha davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning so‘zsiz,o‘z vaqtida va natijali bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Tahlillarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro uchun jami 1 083 ta Prezident xujjatlari kelib tushgan bo‘lib, shulardan: farmon – 162 ta, qaror – 593 ta, farmoyish - 28 ta, bayon – 300 tani tashkil qiladi.

Mazkur xujjatlarga asosan jami topshiriqlar soni 8 218 ta bo‘lib, shulardan: 1222 tasi farmonlar bo‘yicha, 3865 tasi qarorlar bo‘yicha, 181 tasi farmoyishlar bo‘yicha, 2950 tasi bayonlar bo‘yicha kelib tushgan.

Kelib tushgan jami topshiriklarning 2366 tasi ish jarayonida bo‘lib, ish jarayonidagi topshiriqlar farmonlar bo‘yicha 278 tani, qarorlar bo‘yicha 1376 tani, farmoyishlar bo‘yicha 28 tani, bayonlar bo‘yicha 684 tani tashkil qiladi.

Bundan tashqari, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bugungi kunda topshiriqlar ijrosi yuzasidan davlat tashkilotlari va idoralariga huquqiy-uslubiy ko‘mak berilib, viloyat hokimligi boshqaruv apparati ijro intizomi nazorati bo‘limi bilan hamkorlikda topshiriqlar ijrosi bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, haftaning har juma kunlari boshqarma tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar umumlashtirilib, tahlil qilinmoqda.

Bundan tashqari, topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan doimiy ravishda “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida tahliliy materiallar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilmoqda.