Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda
Xalq amaliy san’atining zardo‘zlik va zargarlik an’analarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayapti.
Zero, bu orqali xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlanadi, madaniy-gumanitar aloqalarni kuchayib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasbiy an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklashga erishiladi. Davlatimiz rahbarinig 2021-yil 29-apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi.
Adliya vazirligiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuklatilgan. Shu nuqtai nazardan,Buxoro viloyat adliya boshqarmasi sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlar olib bordi. Joylardagi holatlar monitoring qilinib, tegishli tashkilot va idoralarga uslubiy-huquqiy ko‘maklashdi.
Natijada 150 dan ziyod mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, Amerika Q o‘shma Shtatlari, Rossiya, Angliya, Yangi Zelandiya, Kuvayt, Tojikiston, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlardan kelgan xorijlik mehmonlar va hunarmandlar ishtirok etgan ushbu festival ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.