February 25, 2022

Jondor tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbiri

Jondor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan kuni kecha Jondor tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-152-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2022-yil 9-fevral kuni 3348-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, birlashmadagi muammolar muhokama qilinib, Jondor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan huquqiy tushunchalar berilib muammolar o‘z joyida yechimini topdi.