July 20, 2022

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

Jondor tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimligi xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish va uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish bo'yicha seminar o'tkazildi.

Seminarda B.Maxsudov hududda sodir etilgan korruptsion jinoyatlar haqida ma'lumotlar berib, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillar xususida to'xtaldi. Shundan so'ng tuman adliya bo'limi boshlig'i H.Qoryog'diev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Davlat dasturi ijrosining borishi yuzasidan axborot berdi.

Shuningdek, seminar davomida korruptsiya bilan bog'liq holatlarni bartaraf etish, amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalar yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirdi hamda “Nafs iskanjasi” videoroligi namoyish etildi.