May 10, 2022
Inson qadri – barcha narsadan ulug'!
Xotira – о‘tmishni eslatib turadi, о‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Yurtimizda elu yurt tinchligi va ravnaqi yо‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
G‘ijduvon, Shofirkon va Vobkent tuman adliya bo‘limi tomonidan ham "9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan urush qatnashchilari hamda front orti qatnashchilarining holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari tarqatildi.
Tashrif davomida faxriylar ona vatan qadri haqida so'zlab, tashrif buyurganlarga sog'lik tilab duolar qildi.