May 19, 2022

Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 2 choraklarga (1 yarim yillikka) mo'ljallangan ish rejasining 2-ilovasi 70.2-bandi ijrosi yuzasidan tasdiqlangan rejaga, hamda O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari tomonidan 2022 yil 24 martda “Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi qonunchiligiga oid huquqiy savodxonlikni oshirish bo'yicha targ'ibot tadbirlar rejasi” asosan Buxoro shahar adliya bo'limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan joriy yilning 19-may kuni Buxoro shahar adliya bo'limi tomonidan Buxoro shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazilib, hududda mavjud imkoniyatlar va talablardan kelib chiqib, tadbirkorlik yo'nalishlarini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bo'yicha ma'ruza qilindi.

Shuningdek, 2022 yil 12-may kuni Buxoro shahridagi 9-sonli umumta'lim maktabida xotin-qizlarga mehnat qonunchiligi bo'yicha imtiyozlar hamda hozirgi kunda milliy qonunchiligizmida xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar xususida va boshqa imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.