June 6, 2022

Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o'tkazildi

Qorovulbozor tuman adliya bo’limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida soha xodimlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi “ Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Yig’ilganlarga yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritish, ushbu toifadagi shifokorlarga o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartiblari bo’yicha huquqiy maslahatlar berildi.