June 1, 2022

Buxoroda oʻgʻil bolalar tugʻilishi koʻpaygan

Buxoro viloyatidagi FHDY boʻlimlari tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida 15 797 ta tugʻilish qayd qilingan. Shundan 8 170 nafari oʻgil bolalar boʻlsa, 7 627 nafarini qiz bolalar tashkil etadi. Oʻtgan yilning dastlabki 5 oyi davomida esa ushbu koʻrsatkich 14 051 tani tashkil etib, shundan 6 851 nafari oʻgʻil, 7 200 nafarini qiz bolalar edi.

Bundan tashqari, joriy yilning mos davrida 77 ta muddati oʻtgan va uyda tugʻilgan bolalarning tugʻilishi qonuniy qayd etilgan. Xususan, 28 marotaba uyda tugʻilgan bolalarning, 27 marotba muddati oʻtib va 21 marotaba olis hududlarda tugʻilgan bolalarning tugʻilishi qonuniy qayd etilgan.

Fuqaro Dinara Dehqonova Shofirkon tumani markazidan qariyib 100 km olisda joylashgan Churuq mahala fuqarolar yigʻinida istiqomat qiladi. 2005-yilda tugʻilgan ushbu fuqaroda haligcha birorta rasmiy hujjati yoq edi. Fuqaroning Shofirkon tuman adliya boʻlimi va tuman FHDY boʻlimiga qilgan mutojaati asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tugʻilishi qonuniy qayd etildi. Nihoyat Dinara 17 yil oʻtib ilk rasmiy hujjatiga ega boʻldi.

Baʼzan birgina beparvolik sabab oʻz vaqtida hal etilmagan yumushlar yillar oʻtib turli koʻngilsizliklarga sabab boʻlish mumkin. Shunday holatlarga barham berishda esa, tugʻilganlik va shunga oʻxshash hujjatlarni oʻz vaqtida qayd etish ortiqcha yugur-yugurlarni oldini olishga xizmat qiladi.

A’zam Muborakov

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi