July 27, 2022

Peshku tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi

"Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo’shimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni", "O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi- yangilanayotgan Konstitutsiyadagi insonparvar qoidalar", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari", "Chet elda harbiy xizmatga yollanganlik uchun javobgarlik belgilanganligi" va tasdiqlangan reja-grafik asosida tuman Investitsiyalar va tashqi bo‘limida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash.”, “Mehnat qonunchiligi normalarini tushuntirish. Soha xodimlarining mehnatga doir huquqlarining buzilishini oldini olish choralarni ko‘rish” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish. Korrupsiya uchun javobgarlik” mavzularida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslari tashkil etildi.