"Oybek" mahallasida huquqiy axborot kuni o'tkazildi
Joriy yilning 04.08.2022-sanasida Buxoro tuman adliya bo'limi tomonidan qizil hudud ro'yxatida turuvchi "Oybek" MFY aholisi uchun huquqiy targ'ibot tadbiri hamda sayyor qabul o'tkazildi.
Ushbu sayyor qabulda tuman adliya bo'limi, YuXKM, DXM, notarius, ichki ishlar, ABKM, Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi xodimlari ishtirok etishdi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayatgan o'zgartirishlar hamda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, Korrupsiya va uning oqibatlari, Migrantlarga berilayoygan imtiyozlar, Gender tengli va xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik, tadbirkorlik faliyati uchun yer ajratish tartibi haqida fuqarolarga tushuntirildi.
Sayyor qabul davomida MFYda istiqomat qiluvchi 11 nafar fuqaroning savoliga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 8 nafar fuqaroning murojaatlari qo'shimcha o'rganishlik uchun tuman adliya bo'limining ish yurituviga qabul qilindi.