September 7, 2022

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun targ'iboti

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali bilan birgalikda Shofirkon tuman hokimligida 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati davlat fuqarolik xizmatchilariga tushuntirildi.

Jumladan, davlat fuqarolik xizmati tushunchasi, kimlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkinligi, davlat fuqarolik xizmatini o'tash, davlat fuqarolik xizmatchilariga haq to'lash, davlat fuqarolik xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar, xizmatning tugatilishi kabi masalalar haqida batafsil tushuncha berildi.