February 5, 2022

Adliya aralashgach xodimga to'lanishi kerak bo'lgan 29.676.834 (yigirma to‘qqiz milion olti yuz etmish olti ming sakkiz yuz o‘ttiz to‘rt) soʼmlik ustama to‘lab berilishi ta'minlandi

Buxoro tumani “Turkon” MFY Turkon qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sharipov Fazliddin unga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevral kunidagi PF-5349-son “Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq har oylik ustama hisoblab, toʼlab berilmaganligi xususidagi ariza bilan tuman adliya bo'limiga murojaat qildi.

Mazkur ariza yuzasidan tuman adliya bo'limi o'rganish o'tkazganda tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2021-yil 05-fevraldagi K-44-son buyrug‘iga asosan Sharipov Fazliddin Fozilovich bo‘limning ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘basi metodisti vazifasiga ishga qabul qilinganligi, hozirgi kunga qadar faoliyat ko‘rsatib kelgan bo‘lsada, xodim Sharipov Fazliddinning oylik ish haqiga farmonga movofiq to‘lab berilishi lozim bo‘lgan 29.676.834 so`m (yigirma to‘qqiz milion olti yuz etmish olti ming sakkiz yuz o‘ttiz to‘rt) soʼmlik ustama to‘lab berilmay kelganligi aniqlandi.

Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevral kunidagi PF-5349-son “Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi farmonining 7-bandi g) kichik bandida 2018 yil 1 iyundan “davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga masʼul boʼlgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʼlmagan miqdorda belgilanadi;” deb belgilab qoʼyilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga tegishli tartibida ariza kiritilib, sud qaroriga asosan Xalq ta’limi bo‘limi zimmasiga bo‘limning AKTni joriy etish sho‘basi metodisti vazifasida ishlab kelgan F.Sharipovning foydasiga 29.676.834 so`m (yigirma to‘qqiz milion olti yuz etmish olti ming sakkiz yuz o‘ttiz to‘rt) soʼmlik ustama to‘lab berilishi ta'minlandi.

Buxoro tuman adliya bo'limi