Buxoro shahar 2-son FHDYO bo‘limidagi shaffof qutilarga oid holatga rasmiy munosabat
✅ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan barcha FHDYO bo‘mlari, Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarda mavjud muammo va takliflarni o‘rganish, xodimlarning nojo‘ya xatti-harakati yuzasidan murojaat qilish bo‘yicha vazirlikning ishonch telefonlari ko‘rsatilgan shaffof qutilar tashkil etilgan.
Mazkur holat Buxoro shahar 2-son FHDYO bo‘limida yuzaga kelganligi maʼlum bo‘ldi. Bo‘limda mavjud videokuzatuv kameralari orqali o‘rganish va FHDYO bo‘limiga davlat xizmatini olish uchun kelgan fuqaro U.S bilan o‘tkazilgan suhbat davomida mazkur qutidagi yozuvlarga ahamiyat bermaganligini, kasal va nogiron shaxslar uchun yordam qutisi deb o‘ylab 1 000 (bir ming) so‘mni "Xayriya" maqsadida tashlaganligini maʼlum qildi.
Shu o‘rinda, fuqarolarimizga barcha FHDYO bo‘limlarida tashkil etilgan shaffof qutilarga va Adliya vazirligining "1008, 1148 Ishonch telefon"lariga o‘zlarining soha bo‘yicha muammolari, takliflari va fikr-mulohazalarini qoldirishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.